Sport

Elit OCHL. “Paxtakor” “Al-Hussayn” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib guruh bosqichiga yo‘l oldi

Elit OCHL: "Paxtakor" "Al-Hussayn"ni yirik hisobda mag'lub etib, guruh bosqichiga chiqdi

"Paxtakor" va Iordaniyaning "Al-Hussayn" jamoalari o'rtasidagi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchrashuvi yakunlandi. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda "sherlar" 3:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning guruh bosqichiga yo'llanma oldi.

O'yinning 7-daqiqasida Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi. 30-daqiqada Hamdamov dubl qayd etib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 52-daqiqada "Paxtakor"ning iroqlik yarim himoyachisi Bashar Resan gol urib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. Uchrashuv yakuniga qadar hisob o'zgarmadi.

Shunday qilib, "Paxtakor" Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Yangi mavsumda "Neftchi" va "Paxtakor" qit'aning eng nufuzli klublar turnirida O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi

O'tish bosqichi

"Paxtakor" — "Al-Hussayn" 3:0

Gollar: 1:0 — Hamdamov (7), 2:0 — Hamdamov (30), 3:0 — Resan (52)

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.