Dunyo

Paxta vaziridan sovxoz direktorligiga tuşirilgan rahbar – Usmon Yusupov nega Xruşçyovning qahriga qolgandi?

1966-yilda SSSR rahbari Leonid Brejnev va hukumat raisi Aleksey Kosigin zilziladan söng Toşkentga keladi. Poytaxtdagi uçraşuvlardan söng ular Mirzaçölga otlanadi. Öşanda Brejnev va Kosigin Usmon Yusupovning hovlisi yonidan ötadi. Biroq bir paytlar özlari bilan yonma-yon işlagan va uzoq yillar Özbekistonni boşqargan odamning holidan xabar olişni lozim topmaydi. Köp ötmay Usmon Yusupov vafot etadi.

Paxta vazirligidan sovxoz direktorligigacha tushirilgan rahbar — Usmon Yusupov nega Xrushchyovning g‘azabiga uchragandi?

1937-yildan 1950-yilgacha O‘zbekistonga rahbarlik qilgan Usmon Yusupov chin ma’noda “paxta odami” edi. U bolaligidan dalada mehnat qilgan, keyin o‘smirlik yoshidan boshlab paxta tozalash zavodida ishlagan, keyingi hayoti ham “oq oltin” bilan bog‘liq bo‘lgan.

Hatto 1950-yillarda aynan Usmon Yusupov uchun SSSRda Paxtachilik vazirligi tashkil etiladi. Biroq Stalin vafotidan so‘ng vaziyat keskin o‘zgaradi. Avvaliga vazirlik tugatiladi. So‘ng Usmon Yusupov Toshkentdagi katta lavozimidan bo‘shatilib, Bovutdagi sovxozga “badarg‘a” qilinadi.

Usmon Yusupovning hayoti silliq kechmagan. Yutuqlar bilan birga tahlikali kunlar ham bo‘lgan. U O‘zbekistonni boshqargan yillarda Stalin qatag‘onlari avjiga chiqqan va Usmon Yusupov hibsga olingan shaxslarning taqdirini sudsiz hal qilgan “Troyka” a’zosi bo‘lgan.

Usmon Yusupov 1900-yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida batrak oilasida dunyoga keladi. 1916-yilda uning oilasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahriga ko‘chib keladi. 16 yoshli Usmon ota-onasiga yordam berish maqsadida shu yerdagi paxta zavodida ishlay boshlaydi. 1923-yilda u Anastasiya Bolshakovaga uylanadi.

Tarixdan ma’lum, o‘sha suronli yillarda rus yoki ukrain qiziga uylanganlar amal pillapoyasidan tez ko‘tarilardi. Usmon Yusupovda ham shunday bo‘ladi va tez orada u mas’ul lavozimga tayinlanadi. 1926-yilda Usmon Yusupovga Toshkent quruvchilari uyushmasi raisligini topshirishadi. So‘ng Kasaba uyushmalari Toshkent okrugi kengashi raisi bo‘ladi. 1928-yilda Kompartiyaning Toshkent shahri qo‘mitasi kotibiga aylanadi.

Avvalroq Anastasiya bilan ajrashgan Usmon Yusupov 1929-yilda ukrain qizi, komsomol faoli Yuliya Stepanenkoga uylanadi. O‘sha yili u O‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo‘mitasi kotibi sifatida ish boshlaydi. 1936-yilda Usmon Yusupov O‘zbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati vaziri bo‘ladi.

1937-yil yozda Stalin tuzumi tomonidan “Katta terror” deb nomlangan qatag‘onlar to‘lqini boshlandi va u O‘zbekistonga ham yetib keladi. Turli sohalarda ishlovchi o‘n minglab odamlar, shu jumladan O‘zbekiston rahbari Akmal Ikromov va hukumat raisi Fayzulla Xo‘jayev ham qamoqqa olinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.