Mahalliy

Pasport yoki ID-karta yoʻqolganda nima qilish kerak?

Pasport yoki ID-karta yoʻqolgan taqdirda bu haqda xabar berish va yangi hujjat rasmiylashtirish kerak. Pasport yoki ID-karta yoʻqolganda qayerga murojaat qilish, rasmiylashtirish qancha turishi, hujjatni yoʻqotganlik uchun qanday jarima belgilangani va pasport xorijda yoʻqolgan boʻlsa, nima qilish kerakligi haqida maʼlumot beramiz.

Pasport yoki ID-karta yoʻqolganda nima qilish kerak?

Agar eski namunadagi biometrik pasport yoki ID-kartangiz yoʻqolsa, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (pasport stoli) yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, hujjat yoʻqolgani haqida xabar berish kerak. Eski namunadagi biometrik pasport yoʻqolganda yangi ID-karta rasmiylashtiriladi, ID-karta yoʻqolganda esa yoʻqolgan kartaning oʻrniga yangi ID-karta beriladi.

Yoʻqolganlik haqidagi ariza roʻyxatga olingach, hujjat haqiqiy emas deb topiladi. Agar yoʻqolgan hujjat yangi hujjat olinmaguncha topilsa, yozma ariza berish orqali uni rasmiylashtirish jarayonini toʻxtatish mumkin. Agar hujjat yangi hujjat olingandan keyin topilsa, uni ichki ishlar organlariga topshirish kerak.

Arizani my.gov.uz portali orqali — «ID-kartani olish yoki almashtirish uchun ariza berish» xizmati orqali topshirish mumkin.

Anketada «Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan pasportni almashtirish» sababini tanlash, viloyat, tuman va oʻziga qulay boʻlgan pasport stolini, shuningdek, tashrif buyurish sanasini koʻrsatish kerak. Soʻng hujjat turi va mobil telefon raqami kiritiladi.

Anketani toʻldirgandan keyin arizani yuboring va xizmat haqini toʻlang. Shundan soʻng tanlangan pasport stoliga boring. U yerda maʼlumotlar tekshiriladi, barmoq izlari olinadi va suratga tushiriladi.

Muhim: my.gov.uz orqali ariza berish va tashrif vaqtini tanlash mumkin, ammo ID-kartani masofadan turib olish mumkin emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.