Oʻzbekistondan Changan yuragiga: UNI-E egalari brend vataniga tashrif buyurishdi
Changan UNI-E’ning oʻzbekistonlik besh nafar mijozi Xitoyga sayohat yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, brendning ona shahri Chunsinga yoʻl oldilar. Avtomobil egalari Changan ishlab chiqarishi bilan tanishdilar, brend avtomobilining krash-testini tomosha qildilar va yangi modelni yoʻl sharoitida sinab koʻrdilar. Avtomobil dasturini esa Xitoyning eng yirik megapolislaridan birining unutilmas maskanlariga tashrif buyurish bilan toʻldirdilar.

Oʻzbekistondan Changan yuragiga: UNI-E egalari brend vatani bilan tanishishdi
Safarning markaziy nuqtasi Changan’ning raqamli zavodi bo‘ldi. Mehmonlar akkumulyator batareyalari va yig‘uv sexlarida bo‘lib, avtomobil ishlab chiqarish bosqichlari, elektromobillar va gibrid modellar, kompaniyaning zamonaviy texnologiyalari hamda yangi ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.
Changan raqamli zavodi 77 gektar maydonni egallaydi, binolarining umumiy maydoni esa 410 ming kvadrat metrga yetadi. Ishlab chiqarish majmuasi oltita jarayonni birlashtiradi: shtamplash, payvandlash, quyish, bo‘yash, akkumulyator modullari va batareya bloklarini ishlab chiqarish, shuningdek, yakuniy yig‘uv bosqichi. Korxonada 400 dan ortiq robot va 800 ta intellektual uskuna ishlatiladi.
Changan’ning alohida yo‘nalishlaridan biri avtomobil texnologiyalarini tadqiq qilish va sinovdan o‘tkazishdir. Kompaniyaning global R&D tarmog‘i 31 mamlakat va mintaqadan 24 mingdan ortiq muhandisni birlashtiradi, Chunsinda esa Global tadqiqot markazi va SDA Lab faoliyat yuritadi. SDA Lab avtomobillarning elektronikasi va dasturiy ta’minotini sinovdan o‘tkazadi, jumladan boshqaruv tizimlari, shassi, kuch qurilmalari va ulangan servis xizmatlarini.
SDA Lab 1500 dan ortiq sinov uskunasiga ega bo‘lib, sutka davomida masofadan turib testlar o‘tkazish imkonini beradi. Virtual muhitda kundalik modellashtirish hajmi 3,3 million kilometrdan oshadi. Bu avtomobil tizimlarining turli yo‘l ssenariylarida ishlashini amaliy yo‘llarda sinovdan oldin ham tekshirishga yordam beradi.
Zavodda ishtirokchilar UNI-E, yangi Changan avtomobili va brendning boshqa modellari, ularning boshqaruv xususiyatlari hamda qo‘llaniladigan texnologik yechimlar bilan batafsil tanishdilar. Changan mutaxassislari modellarning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib berdilar va mehmonlarning savollariga javob qaytardilar.
Changan avtomobilining krash-testi dasturning alohida qismi bo‘ldi. Ishtirokchilar sinovni jonli kuzatib, to‘qnashuvdan keyin avtomobil holati hamda salondagi insonlarning himoya darajasi qanday baholanishini ko‘rdilar.
Sinov 14 ming kvadrat metr maydonga ega laboratoriyada o‘tkazildi. Bu yerda yiliga 4200 ga yaqin sinov — avtomobillarning to‘liq o‘lchamli to‘qnashuvlaridan tortib, alohida tarkibiy qismlarni sinovdan o‘tkazishgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Ikkita maxsus trassa uch tonnagacha bo‘lgan transport vositasini soatiga 100 kilometrgacha tezlatish imkonini beradi.

