Mahalliy

Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan shifokorlarga 7 million sumdan qoʻshimcha haq toʻlanadi

Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan shifokorlarga 7 million soʻmdan qoʻshimcha haq toʻlanadi

Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan shifokorlar va farmatsevtlarga qoʻshimcha 7 million soʻm, hamshiralarga esa 3,5 million soʻm toʻlanadi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini roʻyxatdan oʻtkazish kelgusi yilning 1 iyulidan boshlanadi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Birinchi bosqichda roʻyxatdan oʻtish ixtiyoriy boʻladi, 2030 yildan esa majburiyga aylanadi.

Davlat rahbari sogʻliqni saqlash sohasida aniq tartib va qatʼiy nazorat boʻlishi, tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan faqat professionallar shugʻullanishi kerakligini taʼkidladi.

Masʼullarga sohaviy taʼlim sifatini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimining үzluksiz ishlashini taʼminlash topshirildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari uchun davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi. U Ibn Sino nomi bilan ataladi. Uni insonlar salomatligi haqida qaygʻurayotgan hamda ilgʻor ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etayotganlarga topshirish rejalashtirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.