Mahalliy

Oʻzbekistonda qurilishdagi 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik bartaraf etildi

2026 yil 1 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qurilish normalari va talablarining 3 166 ta buzilishi bartaraf etildi. Buning uchun belgilangan talablarga javob bermaydigan obʼyektlar yoki ularning qismlari buzib tashlandi. Butun respublika boʻyicha 28 708 ta qurilish obʼyekti nazoratda boʻldi. Ularda 301 272 ta monitoring tadbiri oʻtkazildi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha 215 907 ta majburiy yozma koʻrsatma berildi […]

Oʻzbekistonda qurilishdagi 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik bartaraf etildi

2026 yil 1 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qurilish meʼyorlari va talablarining 3 166 ta qoidabuzarligi bartaraf etildi. Buning uchun belgilangan talablarga javob bermaydigan obʼyektlar yoki ularning qismlari buzib tashlandi.

Butun respublika boʻyicha 28 708 ta qurilish obʼyekti nazoratda boʻldi. Ularda 301 272 ta monitoring tadbiri oʻtkazildi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha 215 907 ta majburiy yozma koʻrsatma berildi.

Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan litsenziyalar va ruxsatnoma hujjatlarining amal qilishini toʻxtatish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida 348 ta taqdimnoma kiritildi. Bunga mualliflik va texnik nazorat talablarining buzilishi asos boʻldi.

Sifatsiz qurilish materiallari va buyumlaridan foydalanish faktlari boʻyicha tegishli organlarga 1 650 ta taqdimnoma yuborildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.