Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlar eng tez oʻsmoqda

2026-yil yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln soʻmga yetdi. Xizmat turlari orasida eng yuqori oʻsish surʼati moliyaviy xizmatlarda qayd etildi.

Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlar eng tez oʻsmoqda

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln soʻmni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foiz koʻp.

Xizmat turlari ichida eng yuqori oʻsish moliyaviy xizmatlarda qayd etildi — oʻsish surʼati 124,5 foiz bo‘ldi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 24,5 foizga oshganini anglatadi.

Keyingi oʻrinlarda meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinov va tahlil xizmatlari — 123,6 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 120 foiz hamda taʼlim xizmatlari — 118,4 foiz bilan qayd etildi.

Shuningdek, koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar 15,4 foiz, sogʻliqni saqlash xizmatlari 15,3 foiz, savdo xizmatlari 15,2 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 15 foizga oʻsdi.

Shaxsiy xizmatlarda oʻsish 14,4 foizni, transport xizmatlarida 14,3 foizni, kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlashda 11,3 foizni, ijara xizmatlarida esa 10,7 foizni tashkil etdi.

Yanvar–iyul oylarida moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmi 125,8 trln soʻmga yetgan. Savdo xizmatlari 202 trln soʻm, yashash va ovqatlanish xizmatlari 149,7 trln soʻm, transport xizmatlari esa 121,5 trln soʻmni tashkil qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.