Iqtisodiyot

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi qariyb 665 trln so‘mga yetdi

2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda bozor xizmatlarining umumiy hajmi qariyb 665 trillion so‘mga yetdi.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 664,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,9 foizga o‘sganini ko‘rsatadi.

Hisobot davrida xizmatlar tarkibida eng katta ulush savdo xizmatlariga to‘g‘ri keldi, ularning hajmi 170 trillion so‘mga yetdi.

Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari 115,2 trillion so‘m, moliyaviy xizmatlar 104,2 trillion so‘m, transport xizmatlari esa 103,9 trillion so‘mni tashkil etdi.

Hisobotga ko‘ra, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 51,9 trillion so‘mga, ta’lim sohasidagi xizmatlar esa 23,8 trillion so‘mga yetgan.

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 16,2 trillion so‘m, shaxsiy xizmatlar 11,9 trillion so‘m, sog‘liqni saqlash xizmatlari esa 11,3 trillion so‘mni tashkil etgan.

Qolgan xizmat turlari orasida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil xizmatlari 8,9 trillion so‘m, kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari 7,8 trillion so‘m, ijara xizmatlari esa 7,6 trillion so‘mni tashkil etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.