Oʻzbekistonda Google Pay ishga tushirildi: undan qanday foydalanish kerak?
Google Pay bank kartasini olmagan holda Android-qurilma yordamida xaridlarni toʻlash imkonini beradi. Buning uchun qoʻllab-quvvatlanadigan kartani Google Wallet ilovasiga qoʻshish kerak. Oʻzbekistonda qaysi banklar Google Pay xizmatini qoʻllab-quvvatlashi, kartani qanday ulash va qurilma yoʻqolib qolganda nima qilish kerakligi haqida soʻz yuritamiz.

Oʻzbekistonda Google Pay ishga tushdi: undan qanday foydalaniladi?
27 oktyabrdan boshlab Android va Wear OS qurilmalari egalari Google Wallet ilovasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Google Pay — internetda, mobil ilovalarda va mos keluvchi toʻlov terminallarida xaridlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan xizmatdir.
Ishlash sxemasi oddiy: foydalanuvchi Google Wallet'ga bank kartasini qoʻshadi, uni tasdiqlaydi va soʻng telefonni aloqasiz terminalga yaqinlashtirib xaridlar uchun toʻlov qiladi. Bunda qurilma maʼlumotlarni terminalga yaqin masofali simsiz aloqa texnologiyasi boʻlmish NFC orqali uzatadi.
Xarid uchun mablagʻ Google Pay'ning alohida balansidan emas, balki ulangan bank kartasidan yechib olinadi. Shuning uchun kartada yetarlicha pul boʻlishi, bank esa tranzaktsiyani tasdiqlashi kerak.
Oʻzbekistonda chiqarilgan hamma bank kartalari ham Google Pay'ni qoʻllab-quvvatlayvermaydi.
Xar bir bank oʻz kartalarining qaysi birini ushbu xizmat bilan ishlatish mumkinligini oʻzi hal qiladi.
Hozirgi vaqtda Google Wallet toʻqqizta bank kartalarini qoʻllab-quvvatlaydi:
AVO Bank — Mastercard;
Octobank — Visa ва Mastercard;
Uzum Bank — Visa;
TBC Bank — Visa ва Mastercard;
Aloqabank — Visa ва Mastercard;
Kapitalbank — Visa ва Mastercard;
Ipak Yoʻli Banki — Visa va Mastercard;
Oʻzbekiston Milliy banki (OʻzMB) — Visa va Mastercard;
Orient Finans Bank — Visa ва Mastercard.
Doʻkonlarda aloqasiz toʻlovni amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:
NFC qoʻllab-quvvatlanadigan Android yoki Wear OS qurilmasi;

