Oʻzbekiston sportchilari Osiyo oʻyinlariga tantanali kuzatildi
Milliy olimpiya terma jamoasi bayroqdori Olimpiada chempioni Akbar Joʻrayev boʻldi. Jahon chempioni Marjona Pardaboyeva esa Oʻzbekiston paralimpiya terma jamoasi bayroqdoriga aylandi.

Oʻzbekiston sportchilari Osiyo oʻyinlariga tantanali ravishda kuzatildi
Toshkentdagi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo va V Para Osiyo oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi oʻtkazildi.
Marosimda bosh vazir Abdulla Aripov bo‘lajak masʼuliyatli bahslarda sportchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Ogʻir atletika bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Akbar Joʻrayev Olimpiya sport turlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini qabul qilib oldi.
Para velosport bo‘yicha jahon chempioni Marjona Pardaboyevaga esa Paralimpiya sport turlari nomidan Vatan bayrogʻi topshirildi.

