Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi rahbari oʻzgardi
Gʻafurjon Mirzayev Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib tayinlandi. Bungacha u Prezidentning kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlagan. Mahallalar uyushmasiga tashkil etilgan paytdan buyon Qahramon Quronboyev rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasida rahbar oʻzgardi
Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi. Tegishli farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Bundan avval u Prezidentning kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Gʻafurjon Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullandi, deya xabar berdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
2024 yil yanvardan buyon Mahallalar uyushmasiga Qahramon Quronboyev rahbarlik qilib kelayotgan edi. Uning isteʼfosi sababi va boshqa lavozimga tayinlangan-tayinlanmagani haqida aniqlik kiritilmagan.

