Mahalliy

Qahramon Quronboyev Mahallalar uyushmasi raisligidan ketdi — manba

Qahramon Quronboyev Mahallalar uyushmasi raisligidan ketdi — manba

Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi. “Daryo”ning hukumatdagi manbasi bu ma’lumotni tasdiqladi.

Qahramon Quronboyev 2024-yil yanvarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylangan va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 667 ta shtat birligi qisqartirilib, uyushma, uning hududiy bo‘linmalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etilishi belgilangan edi.

Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.