Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlgach, import bojlarini qonun bilan belgilaydi
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlganidan soʻng yagona hujjat tamoyili ostida tovarlarning TIF TN boʻyicha kodlari, ular yuzasidan JST doirasida kelishilgan maksimal miqdorlar (bound rate) hamda amaliyotda qoʻllanilayotgan import bojxona boji stavkalarini qonun bilan belgilash amaliyotini joriy qilmoqchi. 2027-yil oxirigacha bu haqdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlgach, import bojlarini qonun bilan belgilaydi
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlgach, import boji stavkalarini qonun orqali belgilash amaliyotiga oʻtishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda boj stavkalari prezident farmoni bilan tasdiqlanib kelinmoqda.
Prezidentning 27-avgust kuni imzolangan bojxona islohotiga doir farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlganidan keyin yagona hujjat tamoyili asosida quyidagilar qonun bilan belgilanadi: tovarlarning TIF TN boʻyicha kodlari; TIF TN kodlari yuzasidan JST doirasida kelishilgan maksimal miqdorlar (bound rate); import bojxona boji stavkalari.
Tegishli qonun loyihasi 2027-yil dekabr oyigacha tayyorlanishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026-yil mart oyidagi sammitida tashkilotga rasman aʼzo boʻlib kirishni rejalashtirgan edi. Bu amalga oshmagach, ushbu maqsadga joriy yil yakunigacha erishilishi aytilmoqda.

