Layfstayl

“Oʻlim farishtasi emasmiz” – tez tibbiy yordam feldsheri

Alyor Saidmirzayev 35 yildan beri Fargʻona shahar Tez tibbiy yordam boʻlimida feldsher boʻlib ishlaydi. Kasbining issiq-sovugʻi, pastu-balandini tatigan qahramonimiz sohaning bugungi kundagi holati, ishdagi masʼuliyat hamda odamlarning shifokorlarga boʻlayotgan munosabati haqida soʻzlab berdi. “Chaqiruvga borganimizda baʼzan bizni haqorat qilishadi, kezi kelganda kaltaklashadi ham, lekin barchasiga chidaymiz”, – deydi u.

“Oʻlim farishtasi emasmiz” – tez tibbiy yordam feldsheri

Alyor Saidmirzayev 35 yildan buyon Fargʻona shahar Tez tibbiy yordam boʻlimida feldsher sifatida faoliyat yuritadi. “Chaqiruvga borganda baʼzan bizni haqorat qilishadi, baʼzan kaltaklashadi ham, lekin barchasiga chidaymiz”, – deydi u.

Tarsaki tushganda koʻzimdan yosh chiqib ketdi...

“Ishimizda xotirjamlik yoʻq. Masʼuliyatimiz esa juda katta. Vaziyatlar turlicha boʻladi. Manzilga borganimizda kech kelding, deb haqorat qilishadi. Iloji boricha vazminlik bilan bemor va uning yaqinlariga yaxshi gapirib, er-xotin janjallashgan boʻlsa yarashtirib, dori-darmonlarni qilganimizdan keyin holat yaxshi tomonga oʻzgaradi. Koʻp hollarda bemorning asabi buzilganda tutqanoq ham boshlanishi mumkin, yordam koʻrsatamiz...

Asabiy odamlar juda koʻp. Odamlar uchun bir daqiqa bir soatdek tuyuladi. Yetib borganimizda baqiradi, chaqiradi, kech kelding deb haqorat qiladi, lekin chidaymiz... Iloji boricha ularga vazminlik bilan muomala qilishga harakat qilamiz. Birinchi yordam koʻrsatilib, bemorning qon bosimi yoki tana harorati tushgandan keyin ular minnatdorchilik bildiradi.

Har xil holatlar boʻladi. Bir chaqiruvga borganimizda erkak kishiga birinchi yordam koʻrsatildi. Barcha yordamga qaramasdan bemorning qon bosimi tushmadi. Ilojsizlikdan bemorni nosilkaga oldik. Shu payt qayerdandir it kelib, yelkamni tishlab oldi. Oʻsha kuni kimgadir birinchi yordam koʻrsatishga borganman, lekin oʻzimga birinchi yordam koʻrsatildi. Ishimni yigʻishtirib qoʻyib, bir muddat davolanishga majbur boʻldim.

Kunlarning birida chaqiruv boʻldi. Borishimizga 80 yoshga kirgan chol yuragi ushlab, yaʼni infarktdan vafot etgan edi. Xotini erim oʻldimi, deb mendan soʻradi. Endi xolajon, Xudo rahmat qilsin, umri shuncha ekan, qoʻlimizdan kelgani shu deganimni bilaman, yuzimga bir shapaloq kelib tushdi. Koʻzimdan beixtiyor yosh chiqib ketdi. Oʻshanda uy bekasining qilgan ishi juda ogʻir botgan. Oʻtirib olib yigʻlaganman”, – deydi feldsher Alyor Saidmirzayev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.