Ozod qilingan AQSh fuqarosi Rossiya qamoqxonasida qiynoqqa solingan, deydi sobiq ukrainalik mahbuslar
Amerikalik bilan birga ushlab turilgan ukrainaliklar uni hibsda saqlash paytida rossiyalik soqchilar tomonidan kaltaklashlar va jinsiy tahqirlashlarga guvoh boʻlishganini aytishmoqda.

Ozod qilingan AQSh fuqarosi Rossiya qamoqxonasida qiynoqqa solingan, deydi sobiq ukrainalik mahbuslar
Ozod qilingan AQSh mahbusi Stiven Xabbard bilan birga ushlab turilgan ukrainaliklar, u toʻrt yillik hibsda boʻlgan davrida Rossiya soqchilari tomonidan kaltaklangani va tahqirlanganiga guvoh boʻlishganini aytishdi.
Dmitro Xiliuk Xabbard bilan ilk bor 2022 yilning sentyabr oyida Rossiyaning Ukraina bilan chegarasiga yaqin Bryansk viloyatidagi Novozibkov qamoqxonasida uchrashgan.
"Biz buni soqchilardan eshitdik. Ular tekshiruvlar paytida kelib: 'Amerikalik qaysi kamerada?' deb soʻrashardi. Keyin esa uyatli soʻzlarni ishlatishardi. Ular unga tahdid qilishardi, birinchi kunlardanoq uni masxara qilishardi."
Igor Shishko ham Xabbardning qamoqxonaga kelganini eslaydi va uning millati ofitserlar eʼtiborini tortganini aytadi.
"Bu shunchalik eʼtiborni tortdiki, chunki ular uni masxara qilishdi, rus tilini oʻrganishga, davlat madhiyasini kuylashga va u oʻqiy olmaydigan qamoqxona kun tartibi qoidalarini takrorlashga majbur qilishdi."
Xabbard 2022 yilning aprel oyida, Rossiya qoʻshinlari u ukrainalik sherigi bilan yashab kelgan sharqiy Izyum shahrini egallab olganida qoʻlga olingan edi.
U Ukraina qurolli kuchlarida xizmat qilganlikda ayblandi va Moskvadagi sudda aybdor deb topilib, olti yil-u 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shishko va Xiliuk Xabbard sudni kutayotgan paytda u bilan birga ushlab turilgan.
Igor Shishkoning taʼkidlashicha, Xabbard Rossiya qamoqxonasi xodimlarining koʻngli ochishi uchun jinsiy tahqirlash va zoʻravonliklarga duchor qilingan
Shishko Xabbardning qamoqxona soqchilari tomonidan kaltaklanganini va elektroshoker bilan tok urilganini koʻrgani va eshitganini aytdi.
"Ular uni oyoqlariga, orqasiga, qoʻllariga urishdi", dedi u. "Albatta, unga ovqat berishmadi, tibbiy yordam koʻrsatishmadi. Uni sovuqda ushlab turishdi.
"Unga hamisha qattiqroq munosabatda boʻlishgan, chunki u amerikalik edi. Ular uni yollanma askar deb daʼvo qilishdi va 'keling, uni uramiz' deyishardi."
Asirga olingan ukrainalik askar Shishkoning taʼkidlashicha, Xabbard qamoqxona xodimlarining koʻngli ochishi uchun jinsiy tahqirlash va zoʻravonliklarga duchor qilingan.
Ikki sobiq ukrainalik mahbusning koʻrgazmalari Xabbardning oilasi tomonidan uning qamoqxonada qiynoqqa solingani haqidagi daʼvolarni tasdiqlaydi.
74 yoshli mahbus toʻrt yarim yildan soʻng, AQShning maxsus vakili Stiv Uitkoff Sankt-Peterburg shahrida Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni muhokama qilish uchun uchrashgan kuni Kreml tomonidan ozod qilindi.
Uitkoff, Ukraina boʻylab davom etayotgan keng koʻlamli bosqin va har kunlik Rossiya hujumlariga qaramay, Rossiya Prezidentini "insonparvar" deb taʼrifladi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp oʻtgan haftada boʻlib oʻtgan telefon muloqoti chogʻida Putindan Xabbardni ozod qilishni soʻraganini aytdi.
Dmitro Xiliukning aytishicha, Xabbard ahvolini Xalqaro Qizil Xoch vakillari guruhidan yashirish uchun Rossiya qamoqxonasida yashirib turilgan
Jurnalist Xiliuk bosqinning ilk kunlarida, Rossiya kuchlari poytaxt
Kiyevga qarab harakatlanganda qoʻlga olingan.
Uning aytishicha, ular birgalikda yonma-yon kameralarda saqlangan dastlabki oylarda Xabbardning sogʻligʻi yomonlashib borayotganini bilgan, chunki u uning shikoyatlarini va soqchilar uni qamoqxona shifokoriga olib borish uchun tesh-tez chaqirishlarini eshitgan.
Xiliuk derazalar singani va qahraton sovuq haqida gapirib, mahbuslar isinish uchun kameralaridan tashqaridagi vaqtdan foydalanib vanna xonasiga toʻplanishganini aytdi.
"Novozibkovda sharoit juda ogʻir edi, keyingi qamoqxonadagidan ham yomonroq edi. Qishda u yerda juda sovuq, dahshatli sovuq edi", dedi u.
Keyinchalik ikkala erkak nafaqadagi ingliz tili oʻqituvchisi bilan keyingi qamoqxonalari — Pakinoda yana uchrashishdi, u yerda Shishkoning aytishicha, Xabbardning ahvoli yanada yomonlashgan.
"Uning tizzalarida yoki oyoqlarida chirimagan birrta ham joy qolmagan edi", dedi u.
"Hamma joyi chirib ketgan edi. Hammamizda qotishma (skabiyes) bor edi. Unga juda, juda qiyin boʻldi. Men hatto bir marta tibbiyot punktida uning jarohatlarini bogʻlab qoʻydim, chunki shifokor buni qilishni xohlamadi. Uning oʻzi buni qila olmasdi va men yordam berishimga toʻgʻri keldi. Oʻshanda u juda holsiz edi va deyarli harakatlana olmasdi."
Ular shafqatsiz rejim va boʻtqa, non va kartoshkadan iborat kamtarona ratsionni, shuningdek, yugurishga yoki ogʻriqli holatlarni ushlab turishga majburlashni oʻz ichiga olgan har kunlik kaltaklash va tahqirlash tartibini tasvirlashdi.
"U yerda iti bor nazoratchi bor, u itini qoʻyib yuboradi va u sizni ketgangizga, tirsagingizga yoki oyogʻingizga tashlanadi. Keyin bu jarohatlar juda yomon yiringlaydi", dedi Shishko.
Xiliukning aytishicha, Pakinoga oʻtkazilgandan soʻng, Xabbardning ahvolini Xalqaro Qizil Xoch vakillari guruhidan yashirish uchun u tezda yashirilgan.
"Koʻp moliyalashtiriladigan xalqaro insonparvarlik tashkiloti yaxshiroq ishlashi mumkin edi, demoqchiman. Ular faqat oʻzlariga koʻrsatilgan narsani koʻrishdi va bundan mamnun boʻlishdi", dedi u.
Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi oʻz bayonotida "XQQQga kirish huquqi berilgan har qanday vaziyatda, biz har bir shaxsni koʻrishni va ular ushlab turilgan sharoitlarni baholashni soʻraymiz. Biz nizo tomonlari bilan ushbu masala boʻyicha muhokamalarni davom ettiramiz", deb bildirdi.
Xiliukning aytishicha, Xabbard 2024 yilda qamoqxonadan yoʻqolgan va u ozod qilingan boʻlsa kerak deb oʻylagan. Xiliukning oʻzi 2025 yilning avgust oyida mahbuslar almashinuvi orqali Ukrainaga qaytarilgan.
U ularga boʻlgan munosabatni sovet dohiysi Iosif Stalin rejimi bilan solishtirdi.
"Rossiya asirligi — bu qiynoq mashinasi. Sizni ushlagan ilk soniyadan boshlab, ular sizni bostirish, qoʻrqitish uchun hamma narsani qilishadi. Bu ruhiydan tortib jismoniygacha boʻlgan barcha koʻrinishlardagi qiynoqdir. Kaltaklash, ochlik, sovuq, har qanday axborotning yoʻqligi, hatto boshqa mahbuslar bilan muloqot qilish imkoniyatining yoʻqligi".
Xiliuk Xabbardning nihoyat ozod qilingani va AQShga ketayotganini koʻrib xursand boʻlganini aytdi.
"Dahshatli asirlikda boʻlish qanday ekanini tushunaman. Buning ustiga, bu unga tegishli urush emas edi. U notoʻgʻri joyda va notoʻgʻri vaqtda boʻlib qoldi", dedi u.
Broq u bu vaqtni "Kongressga saylovlarda ovoz yoʻqotayotgan AQSh prezidentining uyatli PR'i" deb atadi.
Shishko ularning qiynoqchilari bir kun kelib adolat oldida javob berishiga umid qilishini aytdi.
"Yovuzlik jazolanishi kerak va shunday boʻladi ham. Men bunga umid qilaman".
Xabbard 2024 yilda Ukraina sharqidagi mudofaa boʻlinmasida xizmat qilganlikda ayblanib, axloq tuzatish koloniyasida deyarli yetti yilga hukm qilingan edi.

