O‘zbekistonliklarning Turkiyaga safarlari qariyb 17 foizga oshdi
8 oy mobaynida Turkiyaga tashriflarning asosiy qismi sayyohlik maqsadida amalga oshirilgan ekani qayd etildi

O‘zbekistonliklarning Turkiyaga safarlari qariyb 17 foizga ko‘paydi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida 212 265 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 30,5 ming nafarga yuqori bo‘lib, o‘sish sur’ati 16,8 foizni tashkil etgan.
Turkiyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati safar maqsadi sifatida sayyohlikni ko‘rsatgan. Ushbu yo‘nalishda 176 137 nafar kishi tashrif buyurgan.
Qarindoshlarni yo‘qlash uchun Turkiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 31 158 nafarni tashkil etgan.
Davolanish maqsadida 2 446 nafar fuqaro safar qilgan. Xizmat yuzasidan Turkiyaga borganlar soni esa 1 233 nafar bo‘lgan.
O‘qish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1 291 nafarni tashkil etgan.

