Iqtisodiyot

O‘zbekistonda taksi haydovchilari 8 oyda 7,2 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatdi

O‘zbekistonda taksi haydovchilari 8 oyda 7,2 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatdi

2026-yil yanvar–avgust oylarida 242 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi. Shu davrda jami 329 mln marta yo‘lovchi tashildi. Yo‘lovchi tashish aylanmasi 7,2 trillion so‘mdan oshdi.

Aylanmaning 4,5 trillion so‘mi yoki 63,1 foizi naqd, 2,6 trillion so‘mi yoki 36,9 foizi naqdsiz to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘rtacha bitta chek 21 785,5 so‘mni tashkil etdi. Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini 481,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi ko‘rsatmoqda. Ularning 4 107 nafari ayollar.

Yanvar–avgust oylarida taksi xizmatidan 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan haydovchilar soni 7,9 mingdan oshgan. 50–100 mln so‘m daromad olganlar — 31,5 ming, 10–50 mln so‘m — 124,4 ming, 5–10 mln so‘m — 59,9 ming, 1–5 mln so‘m — 123,6 ming, 1 mln so‘mgacha daromad olganlar 133,7 ming nafarni tashkil etgan.

Taksilarda eng ko‘p ishlatilayotgan avtomobillar Cobalt (27 foiz), Nexia (19,3 foiz) va Lacetti (16,1 foiz) bo‘lgan. Elektromobillar ulushi 2,5 foizni tashkil etgan. Avtomobillarning 16,3 foizi 1–3 yillik, 37,1 foizi 3–5 yillik, 17,3 foizi 5–10 yillik, 29,2 foizi esa 10 yildan ortiq muddat davomida foydalanilgan.

Agregatorlar tomonidan shu davrda jami 149,2 milliard so‘m soliq to‘langan. Shundan 46,8 milliard so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2026-yil 1-yanvardan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan endilikda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 1 milliard soʻmgacha boʻlgan aylanmasidan 1 foiz miqdorda AOS (aylanmadan olinadigan soliq) toʻlashi lozim.

Aniqroq aytganda, oʻzini oʻzi band qilgan taksi haydovchisi bir oyda 2 million soʻm daromad topsa, u toʻlashi lozim boʻlgan soliq miqdori atigi 20 ming soʻmni tashkil etadi. Haydovchi onlayn-agregatorlar orqali taksichilik qilsa, soliqni ushlab qolish agregator tomonidan haydovchilarga daromadlarni oʻtkazish chog‘ida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.