Mahalliy

O‘zbekistonda raqamli valyuta to‘lov vositasi sifatida sinab ko‘riladi

Loyiha Markaziy bank va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazoratida amalga oshiriladi. Uning maqsadi raqamli to‘lovlarning

O‘zbekistonda raqamli valyutadan to‘lov vositasi sifatida foydalanish sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda HUMO barqaror tokenini to‘lov vositasi sifatida qo‘llash bo‘yicha pilot loyiha yo‘lga qo‘yilmoqda.

Loyiha Markaziy bank hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazorati ostida amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi raqamli to‘lovlarning yangi shaklini amaliy sharoitda sinab ko‘rishdan iborat.

Pilot doirasida 1 HUMO tokeni 1 so‘mga teng bo‘ladi. Tokenlar O‘zbekistonning davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

HUMO tokeni orqali O‘zbekiston hududida tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lov qilish imkoniyati sinovdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, tokenlarni chiqarish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish mexanizmlari ham tekshiriladi.

Loyihani amalga oshirish uchun bank, protsessing va blokcheyn tizimlari o‘zaro integratsiya qilinadi. Jarayonda «HUMO Digital» MChJ hamda kripto-depozitariy, kripto-birja va kripto-do‘kon litsenziyalariga ega «Asterium» AJ ishtirok etadi.

Pilot loyiha maxsus huquqiy rejim — «regulyator qumdoni» doirasida o‘tkaziladi. Bu yangi moliyaviy texnologiyalarni cheklangan va nazorat qilinadigan muhitda sinab ko‘rish imkonini beradi.

Sinov davomida tokenlarning yetarli darajada ta’minlangani, operatsiyalar shaffofligi, kiberxavfsizlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda moliyaviy xatarlarni boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Markaziy bank loyihaning moliyaviy va narxlar barqarorligiga ta’sirini ham kuzatib boradi.

Pilot loyihaning dastlabki muddati 12 oy etib belgilangan. Zarurat tug‘ilganda u uzaytirilishi mumkin, biroq umumiy muddat 3 yildan oshmaydi.

Loyiha yakunida davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan raqamli tokendan O‘zbekistonda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari va xatarlari baholanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.