HUMO va Halyk Bank Qozog‘istonda HUMO kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
HUMO milliy to‘lov tizimi Halyk Bank bilan hamkorlikda Qozog‘istonda HUMO kartalarini qabul qilish infratuzilmasini kengaytiradi. Endi HUMO karta egalari nafaqat Halyk Bank to‘lov terminallari orqali xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari, balki Qozog‘iston bo‘ylab sayohat paytida naqd pul yechib olish uchun bank bankomatlari tarmog‘ida kartalardan foydalanishlari mumkin.

HUMO va Halyk Bank Qozog‘istonda HUMO kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Avvalroq HUMO, Halyk Bank va Tenge Bank hamkorligida Qozog‘istondagi Halyk Bank terminallari orqali HUMO kartalari bilan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan edi. Bu HUMO karta egalariga valyuta ayirboshlash yoki oldindan naqd pul yechib olishga hojat qoldirmasdan, xaridlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri karta orqali amalga oshirish imkonini berdi. Ushbu xizmat Halyk Bank ekvayring tarmog‘iga ulangan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mavjud.
HUMOning Qozog‘istondagi faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida vizual navigatsiya tizimi joriy etildi. Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida HUMO kartalari bilan to‘lovlarni qabul qiluvchi nuqtalarni tezda topishga yordam beruvchi firma axborot materiallari joylashtirilmoqda. HUMO kartalari bilan to‘lash imkoniyati Qozog‘istonning barcha viloyat va shaharlarida Halyk Bank ekvayring tarmog‘iga ulangan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mavjud. Dastlabki bosqichda brendlangan materiallar Turkiston viloyati, Chimkent va Taraz shaharlarida paydo bo‘ldi.
HUMO vakillari ta’kidlashicha: «Maqsadimiz – HUMO kartalaridan O‘zbekistondan tashqarida foydalanishni mamlakat ichidagidek oddiy va odatiy qilishdir. Halyk Bank bilan birgalikda biz kartalarni qabul qilish infratuzilmasini kengaytirmoqdamiz va foydalanuvchilar HUMO kartalari qabul qilinadigan savdo nuqtalarini tezda topishlari uchun tushunarli mijoz navigatsiyasini yaratmoqdamiz. Natijada sayohatlar yanada qulayroq bo‘ladi, to‘lov jarayoni esa maksimal darajada odatiy va qulay bo‘ladi».
Qozog‘istonda HUMO infratuzilmasining kengayishi naqdsiz to‘lov doirasidan tashqariga chiqadi: endilikda HUMO kartalari Halyk Bankning butun bankomatlar tarmog‘ida ham qabul qilinadi. O‘zbekistonning istalgan banki tomonidan chiqarilgan HUMO kartalari egalari uchun bu sayohat paytida yagona va qulay to‘lov usullarini shakllantiradi: kundalik xaridlarni to‘lash, naqd pul yechib olish va Halyk Bank bankomatlarida karta balansini tekshirish uchun bitta karta yetarli. To‘lov terminallari va bankomatlarning imkoniyatlarini birlashtirish mijozlar yo‘lini imkon qadar sodda va odatiy qiladi hamda O‘zbekiston milliy to‘lov tizimidan mamlakatdan tashqarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Foydalanish qulayligi va yagona mijoz yo‘li – HUMO va Halyk Bank o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy tamoyilidir.
Xalqaro to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish bugungi kunda HUMOning asosiy masshtablash yo‘nalishlaridan biridir. Kompaniya izchil ravishda o‘z servislari faoliyat geografiyasini kengaytirmoqda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, HUMO kartalari sohiblari O‘zbekistondan tashqarida ham odatiy moliyaviy servislardan mamlakat ichidagidek qulay foydalana oladigan umumiy to‘lov ekotizimini yaratadi.
HUMO to‘g‘risida:
HUMO - O‘zbekiston Respublikasining milliy to‘lov tizimi va mamlakat moliyaviy infratuzilmasining asosiy elementlaridan biri. Kompaniya naqdsiz to‘lovlarni rivojlantiradi, zamonaviy to‘lov texnologiyalarini joriy etadi, xalqaro hamkorlikni kengaytiradi va yangi to‘lov usullarini, jumladan, QR-to‘lovlar va transchegaraviy servislarni yaratib, raqamli iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi.
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | LinkedIn
Reklama huquqi asosida

