Mahalliy

O‘zbekistonda qizlar yigitlarga qaraganda tezroq ish topyapti, ammo kamroq maosh olyapti

Bitiruvchi qizlar orasida bandlik darajasi 85,1 foizni, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qizlar yigitlarga nisbatan tezroq ishga joylashmoqda, biroq ular kamroq maosh olmoqda. Bitiruvchilar sifati indeksi (BSI) doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalari jinslar bo‘yicha tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, ishga joylashish tezligi va bandlik darajasi bo‘yicha qizlar, o‘rtacha ish haqi bo‘yicha esa yigitlar yuqoriroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.

Bitiruvchi qizlar orasida bandlik darajasi 85,1 foizni, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan. Qizlar o‘rtacha ikki oyda ish topgan bo‘lsa, yigitlarda bu ko‘rsatkich uch oy bo‘lgan.

O‘rtacha ish haqi bo‘yicha esa aksincha holat kuzatilgan: yigitlarda natija yuqoriroq qayd etilgan. Ularning o‘rtacha maoshi 6 mln so‘mni, qizlarniki esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.

Bitiruvchilarning mehnat bozorida yuqori natija ko‘rsatgan talabgir yo‘nalishlari ham jinslar kesimida farqlanadi.

Qizlar orasida eng talabgir beshta yo‘nalish transport xizmatlari, matematika va statistika, ta’lim, biznes va boshqaruv hamda gumanitar fanlardan iborat.

Yigitlarda esa biznes va boshqaruv, sog‘liqni saqlash, san’at, matematika va statistika hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eng talabgir sohalar sifatida qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.