Mahalliy

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rgatish uchun texnikumlar faoliyati kengaytiriladi

Davlat rahbari xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlariga fuqarolarni joylashtirish uchun kasbga o‘qitish va chet tilini

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rgatish uchun texnikumlar faoliyati kengaytiriladi

Joriy yilning o‘zida Germaniyadan O‘zbekistonga 45 ming nafar mutaxassisga buyurtma kelib tushgan. Ammo nemis tilini biladigan kadrlar yetishmagani sababli faqat 2 ming nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Davlat rahbari xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlariga fuqarolarni joylashtirish uchun kasbga o‘qitish va chet tilini o‘rgatish jarayonlarini birgalikda yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, Germaniyaning «Globogate» kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming nafar hamshira tayyorlanmoqda. Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida esa germaniyalik o‘qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb sirlarini o‘rgatmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida tadbirkor tomonidan bo‘sh turgan texnikum ta’mirlanib, Germaniyadan o‘qituvchilar jalb qilingan. Ushbu muassasada yiliga 1,5 ming nafar mutaxassis tayyorlanmoqda.

Prezident bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Germaniyaning «Telk» kompaniyasi «Intil» xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshlagani ma’lum qilindi. Kelasi yil boshidan ushbu o‘qituvchilarni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda xorijiy ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim jarayoni bilan bog‘lash, yoshlarni muayyan ish o‘rinlari uchun zarur til bilimi va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassis sifatida tayyorlash muhimligi qayd etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.