O‘zbekistonda kichik va mikro GESlar tarmog‘i kengaytiriladi
Kichik va mikro GESlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda atrof-muhitga oid va ijtimoiy talablar majburiy

O‘zbekistonda kichik va mikro gidroelektr stansiyalar (GES) tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 19-avgustidagi PQ–298-sonli qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-fevralga qadar salohiyatli kichik va mikro GES loyihalarini aniqlash, amalga oshirish hamda ekspluatatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun raqamli platforma yaratiladi.
Kichik va mikro GESlarni loyihalash, qurish va ishlatishda atrof-muhitga oid va ijtimoiy talablarni majburiy ravishda hisobga olish belgilandi.
Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan kichik va mikro GESlarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash maqsadida, Energetika vazirligi buyurtmasi asosida “E-auksion” elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan elektron auksionda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish tarifini pasaytirib borish yuzasidan boshlang‘ich narx bilan birgalikda eng quyi narxni ham belgilash tartibi joriy etiladi.
Bunda narxlar II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan quyidagicha o‘rnatiladi:
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida kichik quvvatli yashil energiya yo‘nalishlari, jumladan, kichik gidroenergetika uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash dual ta’lim tizimi asosida joriy etiladi.

