O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 9 trln so‘mga yetdi
Ijara xizmatlariga talab 2026-yilning dastlabki 7 oyida 10,7 foizga o‘sdi. Hududlar kesimida esa katta tafovut

O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 9 trln so‘mga yetdi
2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 10,7 foizga oshgan. Ijara xizmatlarining eng katta ulushi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan, xususan, poytaxtda yetti oy davomida 3,3 trln so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatilgan.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 959,5 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 902,9 mlrd so‘m bilan qayd etilgan. Farg‘ona viloyatida xizmatlar hajmi 575 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 518,6 mlrd so‘m, Andijonda esa 477 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Buxoro viloyatida ijara xizmatlari hajmi 463,2 mlrd so‘mga yetgan. Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 310 mlrd so‘m, Namanganda 306,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 294,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 210,6 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatilgan. Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 163,3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 153,2 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 131,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

