O‘zbekistonda ajrimlarning asosiy sabablari aytildi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonovaga ko‘ra, bu sabablarning bir qismini mahalla darajasidayoq bartaraf

O‘zbekistonda ajrimlarning asosiy sabablari ma’lum qilindi
O‘zbekistonda nikohdan ajralish holatlarining bosh omillari o‘zaro ishonchsizlik, bir-birini tushunmaslik, moddiy yetishmovchilik va uchinchi shaxslarning oilaga aralashuvi ekani bildirildi.
Majlisda qayd etilishicha, 2026-yilning birinchi yarmida respublika bo‘yicha ajrimlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga oshgan. Senat raisi Tanzila Norboyeva ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay ajrimlar ko‘payib borayotganining sabablarini chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.
Dilnoza Kattaxonovaning aytishicha, sudlarga ajrim bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlilida xarakterlarning mos kelmasligi, o‘zaro ishonchsizlik va oilaviy hayotga tayyor emaslik kabi sabablar katta ulushni egallamoqda. Uning ta’kidlashicha, bu omillar birgalikda ajrim sabablarining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy fikrni o‘rganish natijalarida respondentlar ajrimlarga olib keluvchi asosiy omillar sifatida:
Qo‘mita raisiga ko‘ra, bu sabablarning bir qismini mahalla darajasidayoq bartaraf etish mumkin. Shu bois nikohni qayd etish uchun ariza berilgan bosqichdan boshlab mahalla «yettiligi», nuroniylar, mahalla raislari va xotin-qizlar faollarining yoshlar hamda ularning oila a’zolari bilan ishlashi rejalashtirilmoqda.
Xususan, ajrimga moddiy yetishmovchilik yoki ishsizlik sabab bo‘layotgan bo‘lsa, oila a’zolarini bandlik bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi, boshqa ijtimoiy yoki psixologik muammolar bo‘lsa, ular bo‘yicha alohida manzilli ish tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
Kattaxonova har bir ajrim sababi bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning ijrosi nazorat qilinishini bildirdi. Qo‘mita oila bilan ishlashni ommaviy tadbirlar o‘tkazishdan ko‘ra, muammoning aniq sababiga qarab individual va natijaga yo‘naltirilgan tizimga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

