O‘zbekistonda 66 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda
Mamlakatdagi sanoat korxonalarining eng katta qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

O‘zbekistonda 66 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatida O‘zbekistonda 66 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.
Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 13,3 mingta korxona bilan yetakchilik qilmoqda. Bu jami sanoat korxonalarining 20,2 foiziga teng.
Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida 9,2 mingta korxona ishlamoqda. Ularning ulushi 13,9 foizni tashkil etadi.
Kiyim ishlab chiqarishda 6,8 mingta korxona (10,3 foiz), tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishda 5,4 mingta korxona (8,2 foiz) qayd etilgan.
Mebel ishlab chiqarish sohasida 4,5 mingta (6,9 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda 4 mingta (6,1 foiz), rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda esa 3 mingta (4,6 foiz) korxona faoliyat yuritmoqda.

