O‘zbekistondagi sanoat korxonalarining katta qismi nima ishlab chiqaradi?
Mamlakatda 65,3 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning eng ko‘p qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga

O‘zbekistondagi sanoat korxonalarining katta qismi nima ishlab chiqaradi?
2026-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 65,3 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.
Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yetakchi o‘rinni egallagan. Bu yo‘nalishda 13,2 mingta korxona ishlagan bo‘lib, ular sanoat korxonalarining 20,2 foizini tashkil etgan.
Korxonalar soni bo‘yicha keyingi o‘rinda boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sohasi joylashgan. Ushbu yo‘nalishda 9,2 mingta korxona faoliyat ko‘rsatgan, ularning ulushi 14 foizga teng bo‘lgan.
Kiyim ishlab chiqarish sohasida 6,7 mingta korxona qayd etilgan. Bu jami sanoat korxonalarining 10,3 foizini tashkil qilgan.
Tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish bilan 5,4 mingta korxona shug‘ullangan. Ularning ulushi 8,2 foizga teng bo‘lgan. Shu jumladan, mebel ishlab chiqarish sohasida 4,5 mingta korxona faoliyat yuritgan. Bu ko‘rsatkich sanoat korxonalarining 6,9 foizini tashkil etgan.
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda 4 mingta korxona qayd etilgan. Rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sohasida esa 3 mingta korxona faoliyat yuritgan. Ularning umumiy sanoat korxonalaridagi ulushi mos ravishda 6,1 va 4,6 foizni tashkil qilgan.

