O‘zbekistonda 1-noyabrdan tadbirkorlar o‘rnatgan kameralar xavfsizlik kamari taqmaganlik qoidabuzarligini aniqlaydi
1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlari orqali xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi. Bunda haydovchining yuz ko‘rinishi va kamar taqmagani yuqori sifatli fotosuratda aks etishi shart.

O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar o‘rnatgan kameralar xavfsizlik kamarini taqmaslik qoidabuzarligini aniqlay boshlaydi.
29-oktabr kuni “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori [596-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali haydovchilarning transportni boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik holatlarini qayd etishga ruxsat beriladi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, haydovchilarning xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini foto va video qayd etish tizimiga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi holati bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qayd etilganda, haydovchining yuz ko‘rinishi hamda xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart.

