Mahalliy

O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik yengillashtiriladi

O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik yengillashtiriladi

O‘zbekistonda markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari yumshatiladi. Bu prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqidagi farmonda qayd etildi.

Hujjatga muvofiq, 2026-yil noyabr oyigacha tegishli qonun loyihasi tayyorlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

- chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanadigan jarimalarni qatʼiy miqdorda belgilash;

- markirovkalash qoidalari buzilgani aniqlanganda birinchi marta ogohlantirish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi, Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ushbu vazifani bajarishga mas’ul etib belgilandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun oxirgi hisobot choragidagi sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima qo‘llanadi. Agar ayni shu huquqbuzarlik jarima qo‘llanganidan keyin bir yil ichida takrorlansa, jarima 20 foizni tashkil etadi.

Farmonda mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun ham markirovkalashga oid alohida tartib ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, bunday tadbirkorlar suv va salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarini xarid qilganda, ularning raqamli markirovka kodlari korxona tomonidan yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.