O‘zbekiston venchur bozorida mintaqani yetaklamoqda, ammo...
O‘zbekiston venchur fondlari kapitali 30 million dollarga oshdi. Bu mamlakatda startaplarga investitsiya kiritish faollashib borayotganini

O‘zbekiston venchur bozorida mintaqada yetakchilik qilmoqda, biroq...
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Rossiyadan tashqari MDH davlatlari orasida venchur bitimlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 44 ta bitim tuzilgan bo‘lib, mintaqadagi umumiy bitimlar soni 58 tani tashkil etdi. Bu O‘zbekiston ulushi 76 foizga yetganini bildiradi.
Shu davrda O‘zbekistondagi venchur fondlar kapitali ham 30 million dollarga ko‘paydi.
O‘zbekiston venchur bozorida bir nechta yirik fondlar faol qatnashmoqda. Yoshlar Ventures 13 ta, Aloqa Ventures 11 ta, IT Park Ventures 10 ta va Imkon Ventures 7 ta bitimda ishtirok etgan.
Bitimlarning katta qismi yangi tashkil etilgan yoki rivojlanishning ilk bosqichidagi startaplarga to‘g‘ri kelmoqda.
2026-yilning birinchi yarmida Rossiyadan tashqari MDH mamlakatlarida uchta M&A yoki exit bitimi qayd etildi. Ularning barchasi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston bitimlar soni bo‘yicha mintaqada aniq yetakchi bo‘lsa-da, exit jarayonlarida hali sezilarli natija ko‘rsata olmayapti.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston venchur bozorining keyingi vazifasi investitsiya hajmini oshirish bilan birga investorlar uchun chiqish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
M&A, IPO va aksiyalarni ikkilamchi sotish kabi mexanizmlarni rivojlantirish startaplarga kiritilgan kapitalning qayta aylanishiga xizmat qilishi mumkin.

