Mahalliy

O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Filippin elchisi Roberto Manalo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, shuningdek, turizm sohalarida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladilar. Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish masalasi ham muhokama qilindi.

Turistik almashinuvlarni rivojlantirish va transport aloqalarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston va Filippin o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turizm sohasi vakillarining o‘zaro tanishuv safarlarini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat munosabatlarini rivojlantirish va aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni O‘zbekiston transport-logistika sohasi vakillari Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashgan edi. O‘sha uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalasi muhokama qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.