O‘zbekiston parashaxmat olimpiadasida 3-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan III shaxmat Paralimpiadasida uchinchi o‘rinni egalladi. Paralimpiadada 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston parashaxmati tarixida ilk bronza medali hisoblanadi.

O‘zbekiston parashaxmat olimpiadasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Samarqand shahrida o‘tayotgan III shaxmat Paralimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ma’lum qildi.
11-sentabr kuni start olgan Paralimpiadada 36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar shaxmatchi qatnashdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta tarkib bilan ishtirok etdi.
Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida yengdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Polsha 1-o‘rinni, Kuba 2-o‘rinni egalladi, O‘zbekiston terma jamoasi esa 11 ochko bilan 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu O‘zbekiston parashaxmati tarixida Olimpiadada qo‘lga kiritilgan ilk bronza medali hisoblanadi.
Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi rekord darajadagi 400 ta jamoani birlashtiradi. O‘zbekiston o‘z maydonidagi ushbu turnirga favoritlardan biri sifatida kirib bormoqda, asosiy raqiblar esa AQSh, Hindiston va Xitoy bo‘ladi.

