Mahalliy

O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi (foto)

O‘zbekistonning ochiqlik siyosatiga, muloqotga doim tayyorligiga hamda global maqsadlar yo‘lida kuchlarni birlashtira olish qobiliyatiga xalqaro

O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi (foto)

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasidagi ishtirokidan keyin Abu-Dabi shahrida ish boshlagan BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida qatnashdi.

Dunyoning turli davlatlaridan qariyb 5 ming vakil ishtirok etayotgan ushbu nufuzli anjumanda global ahamiyatga ega dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, shuningdek, bolalar himoyasi hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha umumiy yechimlarni talab etuvchi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Kongress doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston ushbu tuzilma bilan faol hamkorlik qilib, bir qator muhim qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mazkur kongress O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Barcha ishtirokchi davlatlar navbatdagi kongressni O‘zbekistonda o‘tkazish haqidagi mamlakatimiz tashabbusini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi va bu qaror yakuniy deklaratsiyada ham o‘z aksini topdi.

Saida Mirziyoyeva ushbu muvaffaqiyatni O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, muloqotga doim tayyorligi hamda global maqsadlar yo‘lida kuchlarni birlashtira olish salohiyatiga xalqaro miqyosda bildirilgan yuksak ishonch ifodasi sifatida baholadi.

Oldinda besh yillik tayyorgarlik davri bor. 2031 yilda O‘zbekiston butun dunyodan keladigan delegatlarni qabul qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.