Dunyo

Ozarbayjonda toʻydan keyin 90 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizildi

Ozarbayjonda toʻydan keyin 90 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizildi

Ozarbayjonda toʻydan keyin 90 dan ortiq kishi zaharlanish bilan shifoxonaga tushdi. Voqea Kyurdamir tumanida yuz bergan.

Ozarbayjonning Report agentligi xabariga koʻra, avvaliga oʻrtacha ogʻirlikdagi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan 13 kishi shifoxonaga yotqizilgani, ulardan yetti nafari voyaga yetmaganlar ekani xabar qilingan edi. Keyinchalik jabrlanganlar soni 91 nafarga yetdi.

Jabrlanganlar tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ularning aksariyatiga birinchi yordam koʻrsatilgandan soʻng uylariga javob berilgan. Qolganlari esa keyinroq ambulator davolanishga yuborilgan.

Ommaviy zaharlanish 30 sentyabr kuni soat 20:50 atrofida «Gyunyash» toʻyxonasida yuz bergan. Ozarbayjon Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi tekshiruv oʻtkazmoqda. Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari jalb etilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida 57 kishi ovqatdan zaharlanish gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Ular tezkor taomlanish shoxobchalaridan birida xot-dog va burger isteʼmol qilganidan keyin shifokorlarga murojaat qila boshlashgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.