Sport

Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston chorak finalda Saudiya Arabistonini yirik hisobda magʻlub etdi

Osiyo oʻyinlari. Oʻzbekiston chorak finalda Saudiya Arabistonini yirik hisobda yengdi

Yaponiyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlari futbol turnirida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv butunlay oʻzbekistonlik futbolchilarning ustunligida kechdi.

12-daqiqada Dilshod Murtazoyev uzoq masofadan kuchli zarba yoʻllab, hisobni ochdi. Birinchi boʻlim 1:0 natija bilan yakunlandi. Ikkinchi taymda Oʻzbekiston hujumlarni yanada kuchaytirdi.

78-daqiqada Roʻziboy Fayzullayev maydon markazida toʻpni qabul qilib, oʻng qanotdan ajoyib kross amalga oshirdi. Jarima maydonchasiga yorib kirib, toʻpni sherigiga uzatdi. Azizbek Toʻlqinbekov Fayzullayevning mehnatini besamar qoldirmadi — hisob 2:0 boʻldi.

Uchrashuv yakuniga yaqin yana oʻng qanotdan hujum uyushtirildi. Qanotdan havolatib uzatilgan toʻpni zaxiradan maydonga tushgan Firdavs Abdurahmonov bosh bilan darvozaga aniq yoʻllab, bahsga nuqta qoʻydi.

Yarim finalda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiya — Shimoliy Koreya juftligi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin 30-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni 3:0

Gol: Dilshod Murtazoyev (12), Azizbek Toʻlqinbekov (78), Firdavs Abdurahmonov (87)

Oʻzbekiston: Samandar Muratbaev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, Gʻiyosjon Rizaqulov, Quvonchbek Xushvaqtov, Sardorbek Bahromov, Saidumarxon Saidnurillaev, Muhammadali Oʻrinboyev, Asilbek Jumaev, Azizbek Toʻlqinbekov, Roʻziboy Fayzullayev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.