Osiyo bozorlari deyarli $1 trln yoʻqotdi
Texnogigantlar aktsiyalarining ommaviy sotuvi fonida Osiyo bozorlari deyarli 1 trillion dollar yoʻqotdi.

Osiyo bozorlari deyarli $1 trln yoʻqotdi
Osiyo bozorlari texnologik gigantlar aktsiyalarining ommaviy sotuvi fonida deyarli 1 trillion dollardan mahrum boʻldi.
Eng sezilarli pasayishni Janubiy Koreyaning Kospi indeksi koʻrsatdi — taxminan 8%, shundan soʻng birja savdolarni 20 daqiqaga toʻxtatib qoʻydi. Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 5% ga, Shanxay fondoviy birjasi — 2% ga, Tayvan bozori esa 1,5% ga pasaydi.
Tahlilchilar ushbu dinamikani investorlarning xatarli aktivlarga boʻlgan qiziqishi susaygani bilan bogʻlamoqdalar. Bu, asosan, AQShda inflyatsiyaning oʻsishi va foiz stavkalarining mumkin boʻlgan oshirilishi xavotirlari bilan izohlanadi. Sunʼiy intellektga kiritilgan investitsiyalarning oʻzini qoplashi atrofidagi noaniqlik va Xitoy kompaniyalari tomonidan raqobatning kuchayishi qoʻshimcha bosim yaratmoqda.

