Mahalliy

Opa-singil halok boʻlgan. Namanganda katerlar toʻqnashuvi qanday roʻy bergan?

23-avgust kuni Sirdaryo daryosining Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidan oʻtuvchi qismida ikkita kater toʻqnashib ketdi. Baxtsiz hodisa oqibatida ikki opa-singil halok boʻlgan. Katerni boshqargan haydovchilardan biri shifoxonada, yana biri tergovga jalb qilingan. Kun.uz muxbiri voqea yuzasidan guvohlar va kater haydovchisi bilan suhbatlashdi.

Opa-singilning oʻlimiga sabab boʻlgan Namangandagi katerlar toʻqnashuvi qanday yuz berdi?

Maʼlum boʻlishicha, Toʻraqoʻrgʻon tumanining bir qismidan oqib oʻtuvchi Sirdaryo daryosi boʻyida mahalliy tadbirkorlar dam olish maskanlari tashkil etib, katerda sayr qilish xizmatini ham yoʻlga qoʻyganlar.

23-avgust kuni sodir boʻlgan baxtsiz hodisada shu kabi 10 ta katerdan 3 tasi ishtirok etgan.

**"Katerimda 6 ayol bor edi..."**

Shifoxonada davolanayotgan kater haydovchisi Nurmuhammad Habibullayevning soʻzlariga koʻra: "Oʻsha kuni katerimga olti nafar ayol kishi olgan edim. Ayollar "sekinroq haydang, oramizda yoshi kattalar bor, qoʻrqishadi" deyishgani uchun sekin haydadim. Harakatlanayotgan paytimda oldimdan ikkita kater oʻtdi, ularga yoʻl berdim. Keyin sekin harakatlanib ketayotgan vaqtimda, boshqa bir kater chap tarafimdan kelib urib, odamlarimning ustiga chiqib ketgan... Agar yonidan kelib urganda oʻlim holati boʻlmasligi kerak edi. Katerni boshqarish uchun Toshkentda oʻqib maxsus guvohnoma olganman."

**Katerlar faoliyati toʻxtatilgan**

Voqea guvohi Abdulla Abdumannonov shunday deydi: "23-avgust kuni asrdan keyin daryoda toʻpolon boʻlib ketdi. Qarasam, ikki kater toʻqnashgan ekan. Odamlar halokatga uchraganlarga yordam berish uchun suvga tushishdi. Suvda choʻkish holati boʻlmadi – katerga chiqqanlarga odatda qutqaruv nimchalari beriladi, hammada "jilet" bor edi. Shu voqeadan keyin katerlarning hammasini tortib qoʻyishdi, yaʼni olib chiqib tashlashdi suvdan. Kutilmagan baxtsiz hodisa boʻldi-da, dam olish uchun kelgan opa-singillar halok boʻlishdi."

**"Oʻgʻlim 8 yildan beri kater haydar edi"**

"Daryoning boʻyida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganmiz. Oʻsha kuni oʻgʻlim mijozlarini kateriga solib, tepa tomonga haydagan. Koʻprik tagida boshqa bir katerlardan biri buzilib qolgan ekan. Oʻsha buzilib qolgan kemani chetroqqa olishayotgan bir paytda, oʻgʻlim boshqaruvidagi kater toʻsatdan tepadan kelib qolgan. Shu bilan toʻqnashuv sodir boʻlgan."

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.