Dunyo

Onkopatsiyentlar zarur yordamni oʻz vaqtida olishlari kerak — Tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi

Onkologik patsiyentlar zarur tibbiy yordamni oʻz vaqtida olishlari kerak, deb bayonot berdi Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi. Jamgʻarma Toshkentda davolanish uchun elektron imtiyozli yoʻllanmalar joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan qiyinchiliklar boʻyicha patsiyentlarning «Gazeta»da eʼlon qilingan shikoyatlariga shunday munosabat bildirdi.

Onkopatsiyentlar zarur yordamni oʻz vaqtida olishlari kerak — Tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi

«Onkologik patsiyentlarga zarur tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish lozim. Elektron yoʻllanmalar tizimi davolash jarayonini murakkablashtirish uchun emas, balki tibbiy xizmatlarni tashkil etishning belgilangan tartibini, ularni moliyalashtirishning hisobi va shaffofligini taʼminlash uchun joriy etilgan», — deyiladi jamgʻarma bayonotida.

Jamgʻarmada taʼkidlanishicha, u tibbiyot tashkilotlariga amalda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun (davolash yakunlanganidan keyin) tegishli tibbiy hujjatlar, shartnoma shartlari va tasdiqlangan bazoviy narxlar asosida haq toʻlaydi.

«Moliyalashtirishning belgilangan tartibi davolanishni kechiktirishni yoki patsiyentni zarur tibbiy yordamdan mahrum qilishni nazarda tutmaydi», — deya qayd etdi jamgʻarma.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.