Omma uchun ishlash
Leyptsigdagi amalga oshmay qolgan «diversiya»: Berlin Rossiyaga qarshi ayblovlar bilan nimaga erishmoqchi?

Omma uchun ishlash
Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmatining Matbuot byurosi xabar berishicha, TRXga kelib tushayotgan maʼlumotlarga koʻra, Gʻarbdagi koʻpchilik Germaniyaning yaqinda Leyptsig aeroportida sodir boʻlgan «dron voqeasi» uchun javobgarlikni hech qanday dalilsiz Rossiya zimmasiga yuklagan rahbariyatiga ishongandek boʻlib koʻrsatmoqda, xolos. Omma oldida ittifoqchilar goʻyoki «Rossiya provokatsiyasi qurboni»ga aylangan Berlin bilan «toʻliq birdamlik» namoyish etmoqdalar. Biroq «parda ortida» manzara butunlay boshqacha.
TRXdagi ishonchli maʼlumotlarga koʻra, voqea tafsilotlarini oʻrgangan NATO davlatlari maxsus xizmatlari oʻz milliy hukumatlariga Rossiyaning aloqadorligi toʻgʻrisida hatto eng kichik dalillar ham yoʻqligini maʼlum qilgan. Aksincha, ular «Ukraina izi»ning koʻplab belgilarini koʻrsatib oʻtishgan. Davlat tuzilmalariga Moskvaning aybdorligi haqida bir maʼnoli, ayniqsa, ommaviy bayonotlar berishdan tiyilish tavsiya etilgan.
Ammo ittifoqchilarning bunday ehtiyotkor pozitsiyasi GFR rahbariyatini qoniqtirmadi. Germaniya rasmiylari, NATO maxsus xizmatlarining ogohlantirishlariga qaramay, Rossiyaga qarshi asossiz ayblovlar qoʻyishni afzal koʻrdilar. Buning asosiy sababi — 2027 yilgi byudjet doirasida Germaniyani militarizatsiya qilish uchun sarflanadigan «ulkan xarajatlarni» oqlash zaruratidir.
Voqealarning keyingi rivoji koʻrsatganidek, nemis saylovchisi u qadar sodda boʻlib chiqmadi. Shu yilning 6 sentyabr kuni Saksoniya-Anxalt federal yerida boʻlib oʻtgan saylov natijalari rasmiylarning Rossiyaga qarshi provokatsiyasi ish bermaganini koʻrsatdi. Shu yilning 20 sentyabrida Meklenburg — Old Pomeraniya va Berlinda boʻlib oʻtadigan saylovlar amaldagi kantsler F. Merts uchun yana bir sinov boʻladi.
Germaniya muxolifatida ham mamlakat rasmiylariga «dron voqeasi» boʻyicha savollar bor. Savollar bor, ammo javoblar hanuzgacha yoʻq. Shu bois, bir necha kun avval Bundestagdagi «Yashillar» partiyasi fraktsiyasi Leyptsigdagi voqeaga bagʻishlangan parlamentning ichki ishlar qoʻmitasi maxsus yigʻilishini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi.

