Oltin ustida sayr: Dubayda yil oxirigaça ğayrioddiy piyodalar yölagi oçiladi
Dubayning Dubai Gold District savdo hududida 2026-yil oxirigaça oltin piyodalar yölagini oçiş rejalaştirilmoqda. Loyiha vakillarining taʼkidlaşiça, u dunyodagi ilk va eng uzun şunday yölak böladi.

Oltin ustida sayr: Dubayda yil oxirigacha noodatiy piyodalar yo‘lagi ochiladi
Dubai Gold District tijorat yo‘nalishi bo‘yicha katta direktori Rashid al-Hamudiyning Emarat Al Youm nashriga aytishicha, yangi obyektni yaqin ikki oy ichida ochish ko‘zda tutilgan.
Yo‘lak aholi va sayyohlarga oltin yo‘l bo‘ylab sayr qilish imkonini berishi aytilmoqda. Tashabbus savdo hududiga ko‘proq mehmon jalb etish hamda Dubayning turizm va jahon oltin savdosi markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan.
Biroq xabarda yo‘lakning aniq uzunligi, unda qancha oltin ishlatilishi va konstruksiyasiga oid tafsilotlar keltirilmagan.
Al-Hamudiy savdo hududida yangi ko‘rgazma majmuasini tashkil etish rejasi haqida ham ma’lum qilgan. U oltin va zargarlik buyumlari savdosi bo‘yicha Yaqin Sharqdagi eng yirik ko‘rgazma maydoniga aylanishi mo‘ljallangan.
Hozir Dubai Gold District infratuzilmasi kengaytirilmoqda. Bu yerda o‘z bo‘linmalarini ochish istagidagi oltin va zargarlik kompaniyalari talabi ortib borayotgani qayd etilgan.
Al-Hamudiyning prognoziga ko‘ra, 2027-yil davomida faoliyatini ushbu hududga ko‘chirayotgan kompaniyalar soni 10–20 foizga oshishi mumkin. Kengaytirish doirasida yangi ofislar va savdo joylarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

