
Oltin narxi pasaydi
Jahon bozorlarida oltin narxining pasayishi qayd etildi. Qimmatbaho metall qiymati 0,3 foizga kamayib, bir untsiya uchun 4275 dollarni tashkil etdi.
Kotirovkalar AQSh Federal zaxira tizimining pul-kredit siyosati qattiqlashishi kutilayotgani fonida pasaymoqda. Reuters xabariga koʻra, treyderlar dollar kursining tebranishi, Yaqin Sharqdagi neft va energiya tashuvchilar yetkazib berish sohasidagi xavf-xatarlar, shuningdek, AQSh Kongressiga saylovlar arafasida regulyator foiz stavkalarini uzoq vaqt davomida yuqori darajada ushlab turishi mumkinligiga eʼtibor qaratmoqda. Odatda, foiz stavkalarining oshishi daromad keltirmaydigan qimmatbaho metallarning jozibadorligini kamaytiradi. Inflyatsiya xavflari ham investorlarga qoʻshimcha bosim oʻtkazmoqda. Avgust oyida ushbu koʻrsatkich yillik hisobda deyarli 3,5 foizga yetdi.
Oltin ortidan kumush ham arzonlashdi. Uning qiymati 0,8 foizga pasayib, bir untsiya uchun 64 dollarni tashkil etdi.

