Olov 36 soniyada bir kilometrga tarqaldi - Kanadada harbiy mashgʻulot fojia bilan tugadi
Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Ueynrayt harbiy bazasida mashgʻulot vaqtida chiqqan yongʻin oqibatida kamida toʻrt harbiy halok boʻldi, oʻnlab kishi jarohatlandi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlarning 19 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Olov 36 soniyada bir kilometrga yoyildi — Kanadadagi harbiy mashgʻulot fojia bilan yakunlandi
DW xabariga koʻra, Kanada bosh vaziri Mark Karni 18-oktabr kuni Ottavada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida qurbonlar haqidagi maʼlumotni tasdiqlagan.
Karni bu hodisani Kanada qurolli kuchlari mamlakat hududida tinchlik davrida yuzlashgan eng ogʻir fojialardan biri deb taʼriflagan.
Hokimiyat maʼlumotiga koʻra, oʻta ogʻir ahvoldagi 19 kishidan tashqari, yana qariyb 20 kishi nisbatan yengilroq jarohat olgan.
Xabarda aytilishicha, tabiiy yongʻin 18-oktabr kuni kunduzi boshlangan. Shunga qaramay, harbiy rahbariyat mashgʻulotlarni toʻxtatmaslikka qaror qilgan.
Keyin kuchli shamol esib, olov dasht boʻylab harbiylar tomon tezlik bilan tarqalgan. Generallar bergan maʼlumotga koʻra, alanga atigi 36 soniyada bir kilometr masofani bosib oʻtgan.
Yongʻinning kelib chiqish sababi hamda mashgʻulotlarni davom ettirish qarorining tafsilotlari xabarda ochiqlanmagan.

