Olmaota–Toshkent poyezdida ayollar uchun alohida vagon joriy etiladi
Mazkur vagonlarga chiptalar faqat ayollarga sotiladi. Shu bilan birga, kattalar hamrohligida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il

Olmaota–Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdda ayollar uchun mo‘ljallangan alohida vagon joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
2026-yil 1-oktyabrdan boshlab, Olmaota–Toshkent yo‘nalishidagi №1/2 xalqaro poyezd tarkibida "Ayollar vagoni" xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu Qozog‘istonning milliy temir yo‘l tashuvchisi uchun xalqaro yo‘nalishlarda taqdim etiladigan ilk shunday xizmat bo‘ladi.
Ushbu vagonlarga chiptalar faqat ayollarga sotiladi. Biroq, 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ham kattalar hamrohligida ushbu vagonda sayohat qilishlari mumkin. Vagonda xizmat ko‘rsatuvchi kuzatuvchilar ham faqat ayollardan iborat bo‘ladi.
Olmaota–Toshkent poyezdi har kuni qatnaydi. U Olmaotadan soat 19:05 da jo‘nab, Toshkentga 12:53 da yetib keladi. Toshkentdan esa soat 14:41 da yo‘lga chiqadi.
"Ayollar vagoni" xizmati joriy etilgach, ushbu xizmat mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar soni 14 taga yetadi. Qozog‘istonda bu xizmat ishga tushirilganidan buyon undan 946 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalangan.

