Siyosat

Oliy sud raisining birinçi örinbosari almaşdi

Alişer Usmonov Özbekiston Oliy sudi raisining birinçi örinbosari lavozimini tark etdi. Oliy sud raisining birinçi örinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga Farrux Abduraimov (suratda) saylandi, u bungaça Sirdaryo viloyat sudini boşqarib kelayotgandi.

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari almashdi

Farrux Soyibjonovich Abduraimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi. U bungacha Sirdaryo viloyat sudi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘z navbatida, Alisher Otaxonovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Mazkur ikki masala Oliy Majlis Senati Kengashining 3-noyabr kungi majlisida ko‘rib chiqildi va tegishli qaror bilan rasmiylashtirildi.

Alisher Usmonov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2025-yil sentabr oyidan buyon ishlab kelayotgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.