Olimlar uyqusizlik va qo‘rqinchli tushlar ko‘rishga sabab bo‘ladigan mahsulotlarni ma’lum qildi

Olimlar uyqusizlik va qo‘rqinchli tushlarga sabab bo‘ladigan mahsulotlarni aniqladi
Uxlashdan oldin sut mahsulotlari va shirinliklar iste’mol qilish uyqusizlik hamda qo‘rqinchli tushlarni yuzaga keltirishi mumkin, deb yozadi Daily Mail Frontiers in Psychology jurnalidagi tadqiqotga tayangan holda.
Tadqiqot mualliflari o‘rtacha yoshi 20 bo‘lgan 1082 nafar talabadan bir oy davomida uyqu sifati bo‘yicha 19 bandli so‘rovnomani to‘ldirishni so‘rashdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, uyqudan oldin sut mahsulotlari, shirinliklar, go‘sht va achchiq ovqat iste’mol qilganlar uyqusizlik va tungi bosinqirashdan ko‘proq aziyat chekkan.
Tadqiqot, shuningdek, laktozani ko‘tara olmaslik bilan qo‘rqinchli tushlar o‘rtasida ham bog‘liqlik borligini aniqladi. Laktoza yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda, qanday tamaddi qilganidan qat’i nazar, uyqu sifati sezilarli darajada yomonlashgani kuzatilgan.
Shu bilan birga, tadqiqot ishtirokchilarining 20 foizi kechasi meva, o‘tli choy va sabzavotlar iste’mol qilib, uyqusini yaxshilashga muvaffaq bo‘lgani ta’kidlanadi.

