Dunyo

Olimlar «Barcha yoʻllar Rimga olib boradi» degan qarashni rad etdi

Olimlar Rim imperiyasi hududidagi qariyb 300 ming kilometrlik qadimgi yoʻllarni tahlil qilib, ular haqidagi bir qator mashhur tasavvurlarni shubha ostiga qoʻydi. Tadqiqotga koʻra, Rim yoʻllari doim ham toʻgʻri boʻlmagan, Rim shahri esa butun imperiyaning quruqlikdagi transport tarmogʻi markazi hisoblanmagan.

Olimlar «Barcha yoʻllar Rimga olib boradi» degan qarashni rad etdi

Raqamlashtirilgan quruqlik yoʻllarining jami uzunligi qariyb 300 ming kilometrni tashkil etgan. Yangi model olimlarga Rim imperiyasining yoʻl tarmogʻi amalda qanday shakllanganini keng miqyosda tahlil qilish imkonini berdi.

Tadqiqot natijalari Nature Communications ilmiy jurnalida chop etilgan.

**Rim yoʻllari har doim ham toʻgʻri boʻlmagan**

Tadqiqot Rim muhandislari yoʻllarni imkon qadar toʻgʻri qurishga intilgani haqidagi keng tarqalgan tasavvur ham toʻliq haqiqatga mos kelmasligini ko‘rsatdi.

Olimlar xulosasiga koʻra, qadimgi rimlik muhandislar yoʻlni har qanday sharoitda ham toʻgʻri chiziq boʻylab qurishga urinmagan. Aksincha, ular yoʻnalishni mahalliy relyefga moslashtirgan.

Toʻgʻri yoʻnalishdan foydalanish mumkin boʻlgan joylarda rimliklar ana shunday yoʻllarni tanlagan. Ammo butun imperiya miqyosida qaralganda, qadimgi Rim yoʻllari zamonaviy asosiy avtomobil yoʻllariga nisbatan ancha egri-bugri boʻlgan.

Yoʻllarning qayerdan oʻtishiga togʻlar, vodiylar, daryolar va aholi punktlarining joylashuvi katta taʼsir koʻrsatgan.

Rim muhandislari murakkab hududlardan oʻtish uchun terrasalar qurish, togʻ jinslarini kesib yoʻl ochish, tayanch devorlari va koʻpriklar barpo etish kabi usullardan foydalangan.

Tadqiqotchilar koʻplab holatlarda muhandislar toʻgʻriroq, ammo uzunroq yoʻl oʻrniga qisqaroq, lekin egri-bugri marshrutni tanlaganini aniqlagan.

Bu holat ayniqsa Janubiy Yevropa va Oʻrta Yer dengizi atrofida yaqqol koʻrinadi. Bu hududlarda relyef murakkabroq boʻlgani sababli yoʻllarni toʻgʻri chiziq boʻylab qurish imkoniyati kamroq boʻlgan.

**Barcha yoʻllar haqiqatan ham Rimga olib bormagan**

Tadqiqot mashhur «Barcha yoʻllar Rimga olib boradi» iborasi ortidagi tarixiy tasavvurga ham boshqacha qarash imkonini berdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.