Dunyo

Odamlar eng köp va eng kam işonadigan kasblar maʼlum böldi

31 mamlakatda ötkazilgan xalqaro sörovda şifokorlar, olimlar va öqituvçilar odamlar eng köp işonadigan kasb egalari böldi. Siyosatçilar, ijtimoiy tarmoqlardagi inflyuyenserlar va hukumat vazirlari esa işonç reytingida eng quyi örinlarni egalladi.

Odamlar eng ko‘p va eng kam ishonadigan kasblar aniqlandi

Kundalik hayotda odamlar shifokorlar, o‘qituvchilar, davlat xizmatchilari va boshqa kasb egalariga tayanadi. Biroq ularning xizmatidan foydalanish yoki qarorlariga bog‘liq bo‘lish har doim ham ularga ishonishni anglatmaydi.

Ipsos kompaniyasining Global Trustworthiness Index 2026 tadqiqoti turli kasb vakillariga bo‘lgan jamoatchilik ishonchi o‘rtasida katta tafovut borligini ko‘rsatdi. Uning natijalari asosida Visual Capitalist infografika tayyorlagan.

20 ta kasb va ijtimoiy guruhni qamrab olgan so‘rovda 31 mamlakatdan 23 537 nafar voyaga yetgan internet foydalanuvchisi ishtirok etgan. Ulardan o‘z mamlakatidagi turli kasb vakillarini qay darajada ishonchga loyiq deb hisoblashlari so‘ralgan.

Reytingda ishonchning sof ko‘rsatkichidan foydalanilgan. Bu — muayyan kasb vakillariga ishonadiganlar ulushidan ularga ishonmaydiganlar ulushini ayirish orqali hisoblanadigan ko‘rsatkich. Musbat natija ishonch, manfiy natija esa ishonchsizlik ustunligini bildiradi.

Birinchi o‘rinni shifokorlar egallagan: ularning sof ishonch ko‘rsatkichi +43 foiz punktini tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda olimlar (+42) va o‘qituvchilar (+37) joylashgan.

Bu uch kasbga bo‘lgan munosabat turli mamlakatlarda ham ancha o‘xshash chiqqan. Ipsos ma’lumotlariga ko‘ra, tadqiqotda qatnashgan 31 mamlakatning 27 tasida aynan shifokorlar, olimlar va o‘qituvchilar birinchi uchta o‘rinni egallagan.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rin o‘rtasidagi farq esa sezilarli. Qurolli kuchlar vakillari +16 foiz punkti bilan to‘rtinchi o‘rinni olgan. Bu o‘qituvchilarning ko‘rsatkichidan 21 foiz punktiga past.

Shaxsiy fitnes murabbiylari (+10) va texnologiya sohasidagi tadbirkorlarda (+6) ham ishonch bildirganlar ulushi ishonmaydiganlardan ko‘p bo‘lgan. Sudyalar va politsiya xodimlarining har biri +5 foiz punktini qayd etgan.

Advokatlarning ko‘rsatkichi esa nolga teng chiqqan. Bu ularga hech kim ishonmasligini anglatmaydi: so‘rovda advokatlarga ishonadiganlar va ishonmaydiganlar ulushi teng bo‘lgan.

Reytingning eng quyi pog‘onasini siyosatchilar egallagan. Ularning sof ishonch ko‘rsatkichi −48 foiz punktini tashkil etgan. So‘ralganlarning atigi 13 foizi siyosatchilarni ishonchga loyiq deb hisoblagan, 61 foizi esa aksincha fikr bildirgan.

Shifokorlar va siyosatchilar o‘rtasidagi tafovut ayniqsa katta: ularning sof ishonch ko‘rsatkichlari orasida 91 foiz punktlik farq bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.