Octobank karta egalari O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Apple Pay xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi
Octobank Visa va Mastercard kartalari egalari uchun Apple Pay’ni uladi. Endi ularni Apple Wallet’ga qo‘shish mumkin. Mijozlar iPhone va Apple Watch yordamida do‘konlarda xaridlar uchun to‘lov qilishi mumkin.

Octobank karta egalari O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Apple Pay xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi
Endi Octobank kartalarini Apple Wallet’ga qo‘shib, xaridlar uchun to‘lov qilish mumkin. Apple Pay O‘zbekistonda ilk bor foydalanish uchun taqdim etildi va endi Octobank mijozlari ham ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin. Visa va Mastercard kartalarini Apple Wallet raqamli hamyoniga qo‘shib, do‘konlarda ham, onlayn xaridlar uchun ham to‘lov amalga oshirish mumkin.
Endi xaridlar uchun odatiy Apple qurilmalari orqali to‘lov qilish mumkin: do‘konlarda iPhone yoki Apple Watch, onlayn esa iPad yoki Mac yordamida.
Apple Pay’dan foydalanishni boshlash uchun Octobank kartasini Apple Wallet’ga qo‘shishning o‘zi kifoya. To‘lov paytida karta ma’lumotlarini qo‘lda kiritish talab etilmaydi — operatsiyani qurilmada Face ID, Touch ID yoki parol orqali tasdiqlash yetarli.
Bunda mijoz kartasi ma’lumotlari himoyalangan bo‘ladi: karta Apple Wallet’ga qo‘shilganda, muayyan qurilmaga bog‘langan noyob raqam — token yaratiladi. To‘lov vaqtida kartaning haqiqiy rekvizitlari sotuvchiga uzatilmaydi.
“O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarning rivojlanishi kundalik ehtiyojlar — do‘konlarda xarid qilish, onlayn buyurtma berish va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq. Bizning vazifamiz — mijozlar uchun bu odatiy jarayonlarni yanada qulay qilish. Apple Pay qo‘llab-quvvatlanishi Octobank’da mijozlar tajribasini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lib, karta egalariga to‘lov usulini tanlashda ko‘proq erkinlik beradi”, — deya ta’kidladilar Octobank vakillari.
Bir necha oy avval Octobank biznes uchun internet-ekvayring xizmati doirasida Apple Pay orqali to‘lovlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘ygan edi. Endi butun dunyoda keng qo‘llaniladigan ushbu to‘lov usulidan bank kartalari egalari ham foydalanishlari mumkin. Bu ularga to‘lovlarni tez, qulay va yuqori darajadagi himoya bilan amalga oshirish imkonini beradi.

