Iqtisodiyot

Octobank III chorak yakunlarini sarhisob qildi: foyda 57,5 %ga oʻsdi, yangi raqamli toʻlovlar va 16 xil valyutada hisob-kitoblar yoʻlga qoʻyildi

2026-yilning III choragida Octobank kredit mahsulotlari qatorini kengaytirdi, internet-ekvayring boʻyicha hamkorlar uchun Apple Pay va Google Pay toʻlovlarini yoʻlga qoʻydi hamda korporativ mijozlarning xalqaro hisob-kitoblar boʻyicha imkoniyatlarini 16 ta valyutaga oshirdi.

Octobank III chorak yakunlarini sarhisob qildi: foyda 57,5 %ga oshdi, yangi raqamli toʻlovlar va 16 xil valyutada hisob-kitoblar yoʻlga qoʻyildi

**Moliyaviy oʻsish raqamlarda**

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida Octobank foydasi 266,36 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 57,53% ga koʻp.

1-oktabr holatiga koʻra, aktivlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 178,87 %ga oshib, 14,62 trln soʻmga yetdi. Kredit portfeli 104,56%ga oshib, 832,68 mlrd soʻmni, xususiy kapital 38,93%ga oshib, 1,30 trln soʻmni tashkil etdi. Majburiyatlar hajmi 4,31 trln soʻmdan 13,32 trln soʻmgacha oshdi - oʻsish 209,21 %. Kapital rentabelligi (ROE) 27,4%, ustav kapitali 500 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Sof foizli daromad 439,39 mlrd soʻmga yetdi, mijozlar bazasi 3,66 mln kishidan oshdi, xodimlar soni esa 487 kishini tashkil etdi.

**Mijozlar uchun yangi bank mahsulotlari va zamonaviy toʻlov yechimlari**

III chorakda Octobank uchta kredit dasturini taqdim etdi: uy-joy sotib olish uchun «Ipoteka», yangi avtomobillar uchun «Avtokredit 1.0» va ishlatilgan avtomobillar uchun «Avtokredit 2.0» dasturlari.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.