Octobank SIBOS 2026 tadbirida xalqaro hamkorlar bilan 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi
Xorijdan mahsulot yetkazib berish xarajatlarini to‘lash, tushumni qabul qilish, yangi shartnoma uchun moliyalashtirish manbasini topish

Octobank SIBOS 2026 tadbirida xalqaro hamkorlar bilan 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi
Xorijdan mahsulot yetkazib berish xarajatlarini to‘lash, tushumni qabul qilish, yangi shartnoma uchun moliyalashtirish manbasini topish — bu vazifalarning har biri ortida turli mamlakatlar banklarining mehnati mujassam.
Octobank tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida SIBOS 2026 ko‘rgazmasida yana bir bor jahon moliya bozorining yetakchi ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Mayami shahridagi Miami Beach Convention Center hududida to‘rt kun davomida Octobank delegatsiyasi banklar, to‘lov tizimlari va texnologik kompaniyalar vakillari bilan 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi. Bank mavjud hamkorlar bilan aloqalarni davom ettirib, AQSh, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda yangi bog‘lanishlar o‘rnatdi.
Forum doirasida BNY, Raiffeisen Bank International, ICBC Standard Bank, China Construction Bank, Standard Chartered, Société Générale, Landesbank Baden-Württemberg, Citi Bank va boshqalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda korrespondentlik munosabatlari, valyuta va banklararo operatsiyalar, savdoni moliyalashtirish, shuningdek, to‘lov yechimlari muhokama qilindi.
«Xalqaro hamkorlikda har bir hamkorning imkoniyatlarini va birgalikda ishlash shartlarini tushunish muhim ahamiyatga ega. Bank mijozlari uchun uning natijasi aniq bo‘lishi kerak: xalqaro hisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va o‘z biznesning imkoniyatlarini kengaytirish. Biz SIBOSda xorijiy hamkorlar bilan birga qanday yechimlarni taklif qila olishimizni muhokama qildik. Yuzma-yuz muzokaralar ushbu vazifalarni batafsil ko‘rib chiqish hamda uzoq muddatli hamkorlik uchun zarur bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga imkon beradi», – dedi Octobank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hamid Jumayev.
Swift tomonidan har yili tashkil etiladigan SIBOS 28 sentyabrdan 1 oktyabrgacha bo‘lib o‘tdi. Octobank unda uchinchi bor qatnashdi. Bu yil bank O‘zbekistondan o‘z stendi bilan ishtirok etgan yagona bank bo‘ldi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy, Amir Temur hamda O‘zbekistonning boshqa atoqli namoyandalari tasvirlangan esdalik tangalari katta qiziqish uyg‘otdi. Jamoa ushbu sovg‘alar orqali mehmonlarni mamlakat tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishtirdi.
Mayamida Octobank O‘zbekistonning zamonaviy, xalqaro hamkorlikka ochiq bank sektorini namoyish etdi. Bank 25 yillik tajribasi va biznes ehtiyojlarini chuqur anglashiga tayangan holda, mijozlarini xorijiy bozorlarda qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda.

