OCHL-2. «Nasaf» oʻz maydonida «Al-Vahda»ga yutqazdi
Qarshining «Nasaf» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidagi ikkinchi oʻyinini «Al-Vahda» (BAA) klubiga qarshi oʻtkazib, 1:2 hisobida yutqazdi.

OCHL-2. «Nasaf» oʻz uyida «Al-Vahda»ga imkoniyatni boy berdi
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichining 2-turida «Nasaf» oʻz maydonida «Al-Vahda» (BAA) klubini qabul qildi. Mazkur turnir nufuzi bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi oʻrinda turadi.
14-oktabr kuni Qarshida boʻlib oʻtgan A guruhi uchrashuvi mezbonlar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Birinchi boʻlimda «Al-Vahda» futbolchisi Fakundo Krupski uzoq masofadan ikkita aniq zarba berdi. «Nasaf» ham gol bilan javob qaytarishi mumkin edi, biroq bosh hakam belgilagan penaltini darvozabon Abduvohid Neʼmatov aniq amalga oshirolmadi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi.
Ikkinchi boʻlim boshida Sardorbek Bahromov uzoq masofadan zarba yoʻllaganida, toʻp rikoshet orqali raqib darvozasiga kirib ketdi. Oʻyin oxirigacha mezbonlarda yana bir nechta qulay vaziyatlar yuzaga keldi, ammo zarbalarda aniqlik yetishmadi.
«Nasaf» ushbu natijadan keyin 1 ochko bilan guruhda uchinchi oʻrinda bormoqda. «Al-Vahda» esa 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
«Nasaf» turnirdagi navbatdagi uchrashuvini 28-oktabr kuni oʻz maydonida «Al-Kuvayt»ga qarshi oʻtkazadi.
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 turnirida 32 ta klub Gʻarb va Sharq mintaqalariga ajratilgan holda 8 ta guruhda ishtirok etmoqda. Guruhda 1- va 2-oʻrinni egallagan klublar pley-off bosqichiga yoʻl oladi.
NASAF (Oʻzbekiston) - AL-VAHDA (BAA) 1:2
Gollar: Sardorbek Bahromov (47) - Fakundo Krupski (23, 39)
«Nasaf»: Abduvohid Neʼmatov, Alibek Davronov (Dilshod Murtazoyev 74), Gʻolib Gʻaybullayev, Murodbek Rahmatov, Umarbek Eshmurodov, Adenis Shala, Zafarmurod Abdirahmatov (Diyorbek Abdunazarov 74), Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov (Sardorbek Bahromov 46), Abbosjon Gʻulomov (Paata Gudushauri 74), Yusuf Otubanjo (Bobir Abdiholiqov 46)
«Al-Vahda»: Fakundo Lirussi, Mansur Al-Minhaliy (Gonsalo Moura 79), Lukas Pimenta, Aminulla Majid, Muhammad Qurboniy, Adam Cherin, Abdulla Al-Minhaliy, Jadsom Mimias, Fakundo Krupski (Favur Ogbu 79), Kristian Benteke, Brahima Diarra (Asher Ofega 68)

